Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 59

وَعِنْدَهُ مَفَاتِحُ الْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَا إِلَّا هُوَ ۚ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ ۚ وَمَا تَسْقُطُ مِنْ وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍ فِي ظُلُمَاتِ الْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُبِينٍ 59 ٥٩

G`aybning kalitlari Uning huzurida bo`lib, ularni Uning O`zidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho`lu quruq bormi, barchasi Ochiq kitobda bordir. (59)

Tafsir
Gʻayb xazinalari yolgʻiz Allohning qoʻlidadir. Ularni Allohdan oʻzga hech kimsa bilmas. Alloh quruqlikdagi va dengizdagi hamma hayvonot, nabotot va jonsiz narsalardan xabardordir. Qayerdadir biron barg daraxtdan uzilib tushsa, Alloh uni ham aniq biladi. Yer tubidagi biron don boʻladimi, biron bir hoʻl yo quruq boʻladimi, hamma-hammasi ochiq kitobda - lavhul-mahfuzda bitilgandir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin