Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 60

وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُمْ بِاللَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُمْ بِالنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰ أَجَلٌ مُسَمًّى ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 60 ٦٠

U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. So`ngra, belgilagan ajal tugal bo`lishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. So`ngra, qaytib borishingiz Uning O`zigadir. So`ngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir. (60)

Tafsir
Alloh shunday Zotki, uxlayotgan paytingizda joningizni vaqtinchaga olib qoʻyadi va kunduzi qilib yurgan ishlaringizni biladi. Kunduzida ishlaringizni ado etishingiz uchun kechasi olgan joningizni qaytarib beradi. To Oʻzi belgilab qoʻygan muddat yetib kelguniga qadar shunday boʻladi. Keyin esa Qiyomat kuni borar joyingiz yolgʻiz Ungadir. Soʻng shu dunyoda qilib oʻtgan ishlaringizning xabarini berib, oʻshanga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin