Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 70

وَذَرِ الَّذِينَ اتَّخَذُوا دِينَهُمْ لَعِبًا وَلَهْوًا وَغَرَّتْهُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا ۚ وَذَكِّرْ بِهِ أَنْ تُبْسَلَ نَفْسٌ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلِيٌّ وَلَا شَفِيعٌ وَإِنْ تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍ لَا يُؤْخَذْ مِنْهَا ۗ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ أُبْسِلُوا بِمَا كَسَبُوا ۖ لَهُمْ شَرَابٌ مِنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْفُرُونَ 70 ٧٠

O`z dinlarini o`yin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib ketganlarni tark et. U (Qur'on) ila eslatginki, hech bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor bo`lib, Allohdan o`zga biror do`st va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana o`shalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor bo`lganlardir. Kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir. (70)

Tafsir
Ey Paygʻambar, dinini oʻyin, koʻngilxushlik qilib olgan anavi masxaraboz mushriklarni qoʻyavering. Ularni dunyo hayotining foniy nematlari aldab qoʻygan. Ey Paygʻambar, siz odamlarga Quron bilan nasihat qilavering. Toki, biron jon oʻz qilmishlari tufayli Allohdan boshqa yordam beradigan doʻsti ham, Allohning azobidan qutqarib qoladigan oqlovchisi ham boʻlmagan, Allohning azobidan qutulish uchun hamma narsasini bergan taqdirda ham undan qabul qilinmaydigan qiyomat kunida halokatga yuz tutmasin. Ular qiyomat kunida oʻz qilmishlari tufayli oʻzlarini oʻzlari halokatga otadigan kimsalardir. U kunda kofirliklari uchun ichadigan ichimliklari qaynoq suv boʻladi, oʻzlariga alamli azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin