Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 71

قُلْ أَنَدْعُو مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَنْفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَانَا اللَّهُ كَالَّذِي اسْتَهْوَتْهُ الشَّيَاطِينُ فِي الْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُ أَصْحَابٌ يَدْعُونَهُ إِلَى الْهُدَى ائْتِنَا ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى اللَّهِ هُوَ الْهُدَىٰ ۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ 71 ٧١

Sen: «Allohni qo`yib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi og`aynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan bo`lsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron bo`lib qolganga o`xshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» – deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr qilinganmiz», – deb ayt. (71)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: «Allohni qoʻyib, bizga foyda ham, zarar ham keltirmaydigan butlarga ibodat qilamizmi? Xuddi doʻstlari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan boʻlsa ham ularga quloq solmay, shaytonning gapiga kirib, yoʻldan adashib, hayronu sargardon yurgan kimsaga oʻxshab, bizni Alloh hidoyat qilganidan keyin ham yana ortimizga qaytib, iymondan yuz oʻgiramizmi, murtad boʻlamizmi?» Ey Paygʻambar, ayting: «Allohning hidoyatigina chin hidoyatdir. Alloh bizni Uni yagona deb bilish va yolgʻiz Ungagina ibodat qilishga buyurgan. U barcha olamlar Parvardigoridir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin