Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 83

وَتِلْكَ حُجَّتُنَا آتَيْنَاهَا إِبْرَاهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَاتٍ مَنْ نَشَاءُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ 83 ٨٣

Ana o`shalar, Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini ko`taramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir. (83)

Tafsir
Oʻsha hujjat, yani, Alloh taoloning: "Bu ikki guruhdan qaysi biri tinchlik-omonlikka haqliroq", degan gapi bilan Ibrohim qavmi ustidan gʻalaba qozondi. Bu Bizning hujjatimizdirki, uni Ibrohimga berdik. Biz istagan bandamizni dunyoda ham, oxiratda ham yuqori martabalarga koʻtarurmiz. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz yaratishida ham, tadbirida ham har ishni hikmat bilan qiladigan, bandalarini juda yaxshi biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin