Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 84)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 84

وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِنْ قَبْلُ ۖ وَمِنْ ذُرِّيَّتِهِ دَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَارُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ 84 ٨٤

Va Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni ham (hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlarmiz. (84)

Tafsir
Ibrohimga oʻgʻli Ishoq va nabirasi Yaqubni berib, har ikkisini toʻgʻri yoʻlga solib qoʻydik. Undan oldin Nuh va uning zurriyoti Dovud, Dovudning oʻgʻli Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va uning ukasi Horun alayhissalomlarga ham tavfiq berib, hammasini haq yoʻlga muvaffaq ayladik. Paygʻambarlarga qilgan yaxshiliklariga yarasha mukofot berganimizdek, boshqa yaxshilik qilguvchilarni ham yaxshiliklariga yarasha mukofotlaymiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin