Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 90)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 90

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ ۖ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ ۗ قُلْ لَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَالَمِينَ 90 ٩٠

Ana o`shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. Sen: «Men sizlardan buning uchun haq so`ramasman. U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», – deb ayt. (90)

Tafsir
Oʻsha paygʻambarlar va ular bilan birga tilga olingan ularning ajdodi, avlodi va birodarlari chin hidoyat ahlidir. Bas, ularga ergashing va ulardan oʻrnak oling. Ey Paygʻambar, qavmingizga ayting: "Bu Quronni yetkazganim uchun sizlardan biron mukofot kutmayman. Zero, Quron insu jin olamlariga bir vaz-nasihatdan oʻzga narsa emas. Toki, ular Quron orqali toʻgʻri, sogʻlom yoʻlni topib olsinlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin