Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 91)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 91

وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ إِذْ قَالُوا مَا أَنْزَلَ اللَّهُ عَلَىٰ بَشَرٍ مِنْ شَيْءٍ ۗ قُلْ مَنْ أَنْزَلَ الْكِتَابَ الَّذِي جَاءَ بِهِ مُوسَىٰ نُورًا وَهُدًى لِلنَّاسِ ۖ تَجْعَلُونَهُ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًا ۖ وَعُلِّمْتُمْ مَا لَمْ تَعْلَمُوا أَنْتُمْ وَلَا آبَاؤُكُمْ ۖ قُلِ اللَّهُ ۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِي خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ 91 ٩١

Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yo`q, deganlarida, Allohni to`g`ri taqdirlamadilar. «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qog`ozga tushirib olib, ba'zisini zohir, ko`pini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga o`rgatgan kitobni kim tushirdi?!» – deb ayt. «Alloh» – deb ayt. So`ngra, ularni tek qo`y, sho`ng`igan narsalarida o`ynayversinlar. (91)

Tafsir
Mushriklar oʻzlarining paygʻambari Muhammad alayhissalomga: "Alloh inson zotiga vahiy qilgan emas", degan gaplari bilan Allohni ulugʻlayotganlari yoʻq. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Musoga Tavrotni nur, hidoyat va qavmini toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan irshod qilib nozil qilgan kim? Yahudiylar uni daftarlarga yozib olib, oʻz havoyi nafslariga toʻgʻri keladigan joylarini oshkor etib, Muhammad alayhissalomning sifatlari bayoni kabi oʻzlariga yoqmaydigan joylarini esa yashirdilar. Ey arablar, sizlar ham Qurondan oʻzingiz ham, ota-bobolaringiz ham bilmaydigan narsalaringizni oʻrgandingiz". Ey Paygʻambar, savolingizga oʻzingiz javob berib: "Alloh qilgan", deb ayting. Keyin esa ularni tek qoʻying. To ajallari kelguniga qadar oʻzlarining jaholatiyu zalolatida adashib yuraversinlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin