Sura Al-Mumtahanah (Sinovdan o‘tkazilgan ayol — الممتحنة) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




60 Al-Mumtahanah(الممتحنة), Oyat 10

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا جَاءَكُمُ الْمُؤْمِنَاتُ مُهَاجِرَاتٍ فَامْتَحِنُوهُنَّ ۖ اللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَانِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَاتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى الْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّ لَهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَآتُوهُمْ مَا أَنْفَقُوا ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَنْ تَنْكِحُوهُنَّ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُوا بِعِصَمِ الْكَوَافِرِ وَاسْأَلُوا مَا أَنْفَقْتُمْ وَلْيَسْأَلُوا مَا أَنْفَقُوا ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ اللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 10 ١٠

Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga mo`minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko`ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo`minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol bo`lmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh bo`lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni so`ranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini so`rasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir. (10)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladiganlar, qachon sizlarga moʻminalar kufr yurtidan Islom diyoriga hijrat qilib kelsalar, ularning chin moʻmina ekanini imtihon qilib koʻringlar. Alloh ularning iymonlarini bilguvchiroqdir. Ular sir saqlagan biron ish U Zotdan yashirin qolmas. Imtihondan keyin ularning moʻminalar ekanini bilsangizlar, bas, ularni kofir erlarilarga qaytarmanglar! Moʻmina ayollar kofir erlarga halol emas. Kofir erlar moʻmina ayollarga halol emas. Erlariga sarflagan mahrlarini beringlar. Ey moʻminlar, qochib kelgan moʻmina ayollarning iddasi tugab, mahrlarini berganingizdan keyin ularni nikohlab olsangiz, gunoh boʻlmas. Kimning xotini dindan qaytib kofir boʻlsa, uning bilaklaridan ushlamasin. Chunki u kofira boʻlishi bilan nikoh bekor boʻladi. Kofirlardan oʻzlaringiz murtad ayollaringizga bergan mahrni talab qilinglar va ular ham oʻzlari Islomni qabul qilgan xotinlariga bergan mahrni talab qilsinlar. Sizlar tarafingizdan ham, ular tarafidan ham mahrning qaytarib berilishi Allohning hukmidir. Alloh sizlarning oʻrtangizda Oʻzi istaganicha hukm qilur. Alloh bandalarining ahvolini Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. Alloh bandalari uchun tuzib shariatini hikmat bilan qilgan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin