Sura Al-Mumtahanah (Sinovdan o‘tkazilgan ayol — الممتحنة) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




60 Al-Mumtahanah(الممتحنة), Oyat 8

لَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ لَمْ يُقَاتِلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُمْ مِنْ دِيَارِكُمْ أَنْ تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوا إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ 8 ٨

Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko`radir. (8)

Tafsir
Alloh Islomingiz tufayli sizlarga qarshi jang qilmagan, sizlarni yurtingizdan quvib chiqarmagan kishilarga yaxshilik qilishingizdan va ularga nisbatan haq-huquq masalasida adolatli boʻlishingizdan qaytarmaydi. Alloh oʻzlariga nisbatan ham, oilalariga nisbatan ham, qoʻl ostidagilarga nisbatan ham odil boʻlgan kishilarni yaxshi koʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin