Sura As-Saff (Saf — الصف) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




61 As-Saff(الصف), Oyat 6

وَإِذْ قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَأْتِي مِنْ بَعْدِي اسْمُهُ أَحْمَدُ ۖ فَلَمَّا جَاءَهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ قَالُوا هَٰذَا سِحْرٌ مُبِينٌ 6 ٦

Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men o`zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Payg`ambarman», deganini esla. Qachonki u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar. (6)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang, oʻshanda Iyso ibn Maryam alayhissalom dedi: "Ey Bani Isroil, men sizlarga yuborilgan Allohning paygʻambariman. Oʻzimdan oldin nozil boʻlgan Tavrotni tasdiqlab va mendan keyin Ahmad ismli bir paygʻambar kelishi haqida xushxabar olib kelganman". Iyso ularga oʻzining haq ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni olib kelganda esa: "Bu ochiq sehrdir, hech qachon unga ergashmaymiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin