Sura Munofiqun (Munofiqlar — المنافقون) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




63 Munofiqun(المنافقون), Oyat 10

وَأَنْفِقُوا مِنْ مَا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَا أَخَّرْتَنِي إِلَىٰ أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُنْ مِنَ الصَّالِحِينَ 10 ١٠

Va biringizga o`lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o`limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo`lsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling. (10)

Tafsir
Birovingizga oʻlim kelib: "Parvardigorim, meni ozgina muddatga kechiktirib tursang, mol-davlatimdan Alloh yoʻlida sadaqa qilib, Allohning solih bandalaridan boʻlib olardim", deb qolishidan oldin Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-davlatlardan ehson qilinglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin