Sura At-Taghabun (Aldanish kuni — التغابن) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




64 At-Taghabun(التغابن), Oyat 16

فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ وَاسْمَعُوا وَأَطِيعُوا وَأَنْفِقُوا خَيْرًا لِأَنْفُسِكُمْ ۗ وَمَنْ يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 16 ١٦

Allohga qo`lingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — o`zingizga yaxshi bo`ladir. Va kimki nafsining qizg`anchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir. (16)

Tafsir
Imkoninglar boricha Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Allohga va Uning Rasuliga quloq solinglar, itoat etinglar va Alloh rizq qilib bergan mol-davlatingizdan ezgulik yoʻlida sarflanglar. Alloh kimni nafsining toʻymasligidan asragan boʻlsa, ana oʻshalar murod-maqsadlariga yetgan va xavfsiragan narsalaridan najot topgan zotlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin