Sura At-Tahrim (Harom qilish — التحريم) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




66 At-Tahrim(التحريم), Oyat 10

ضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا لِلَّذِينَ كَفَرُوا امْرَأَتَ نُوحٍ وَامْرَأَتَ لُوطٍ ۖ كَانَتَا تَحْتَ عَبْدَيْنِ مِنْ عِبَادِنَا صَالِحَيْنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمْ يُغْنِيَا عَنْهُمَا مِنَ اللَّهِ شَيْئًا وَقِيلَ ادْخُلَا النَّارَ مَعَ الدَّاخِلِينَ 10 ١٠

Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga: «Do`zaxga kiruvchilar bilan kiringlar», deyildi. (10)

Tafsir
Alloh va Rasuliga kufr keltirgan kimsalarning moʻminlar bilan muomala-munosabatini Alloh ikki paygʻambarning, Nuh va Lut alayhissalomlarning xotinlariga oʻxshatadi. Ular ikki solih bandaning zavjalari edilar. Erlariga xiyonat qilib, kofirlarga yordam berib, Allohning yoʻliga toʻsqinlik qildilar. Shu bilan ularga ikki solih bandaning ayollari ekani ham foyda bermay qoldi. Ularga: "Hamma kofirlar va fosiqlar qatorida doʻzaxga kiringlar", deyildi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin