Sura At-Tahrim (Harom qilish — التحريم) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




66 At-Tahrim(التحريم), Oyat 12

وَمَرْيَمَ ابْنَتَ عِمْرَانَ الَّتِي أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِنْ رُوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَاتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِ وَكَانَتْ مِنَ الْقَانِتِينَ 12 ١٢

Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga O`z ruhimizdan pufladik va U Robbisining so`zlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan bo`ldi. (12)

Tafsir
Allohga va paygʻambarlariga iymon keltirgan zotlar haqida Alloh oʻz nomusini zinodan saqlagan Imronning qizi Maryamni ham misol qildi. Alloh Jabroilga unga puflashni amr etdi. Bas, u Allohning qudrati bilan Iyso ibn Maryamga otasiz homilador boʻldi. U Allohning shariatlarini ham, paygʻambarlariga nozil qilgan kitoblarini ham tasdiq etdi. Shu bilan Allohga buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila boʻysunadigan itoatkorlardan boʻldi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin