Sura Mulk (Hukmronlik — الملك) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




67 Mulk(الملك), Oyat 28

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِيَ اللَّهُ وَمَنْ مَعِيَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَنْ يُجِيرُ الْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ 28 ٢٨

Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan bo`lganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?! (28)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi yolgʻonga chiqaruvchi mushriklarga qarata ayting: ”Alloh taolo meni va moʻminlarni vafot topdirsa yoki bizga rahm qilib, ajalimizni kechiktirsa, aytinglar-chi, kofirlarni shiddatli azobdan kim qutqarib qoladi!? Ularni biron kimsa hargiz qutqarib qololmas".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin