Sura Al-Mulk (Hukmronlik — الملك) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




67 Al-Mulk(الملك), Oyat 3

الَّذِي خَلَقَ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ طِبَاقًا ۖ مَا تَرَىٰ فِي خَلْقِ الرَّحْمَٰنِ مِنْ تَفَاوُتٍ ۖ فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَىٰ مِنْ فُطُورٍ 3 ٣

U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgan. Rohmanning yaratganida hech tafovut ko`rmassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik ko`ryapsanmi? (3)

Tafsir
Alloh taolo yetti osmonni yaratgan Zotdir. Har bir osmon bir-biriga tegmagan holda qavat-qavat qilib yaratilgan. Ey inson, Alloh yaratgan narsalarda bironta ham nomutanosiblikni koʻrmaysan. Yana qayta nazar sol-chi, biron yoriq yoki teshikni koʻrarmikinsan?! Aslo koʻrolmassan! Faqatgina puxta-pishiq ijodni koʻrasan, xolos.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin