Sura Al-Mulk (Hukmronlik — الملك) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




67 Al-Mulk(الملك), Oyat 8

تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ ۖ كُلَّمَا أُلْقِيَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ 8 ٨

U g`azabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb so`raydir. (8)

Tafsir
Doʻzaxiylarga boʻlgan kuchli gʻazabidan doʻzax yorilib, uzilib ketguday boʻladi. Unga har gal doʻzaxiylardan bir toʻdasi uloqtirilganda qoʻriqchi farishtalar zaharxandalik bilan soʻraydilar: ”Dunyo hayotida sizlarga Allohning azobidan ogohlantiruvchi paygʻambar kelmaganmidi?!”

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin