Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 116)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 116

قَالَ أَلْقُوا ۖ فَلَمَّا أَلْقَوْا سَحَرُوا أَعْيُنَ النَّاسِ وَاسْتَرْهَبُوهُمْ وَجَاءُوا بِسِحْرٍ عَظِيمٍ 116 ١١٦

U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning ko`zini sehrladilar, qo`rqitdilar va zo`r sehr ko`rsatdilar. (116)

Tafsir
Muso ham Parvardigoridan madad kelishiga aniq ishonib, ularga parvo ham qilmasdan: "Oldin sizlar tashlayveringlar", dedi. Sehrgarlar asolari va arqonlarini tashlagan edilar, ular odamlarning koʻzini sehrlab, aql-idrokini olib qoʻyib, ularni qoʻrqitib, vahimaga soldi. Xullas, ular tamoshabinlarga kuchli sehrni namoyish etdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin