Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 127)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 127

وَقَالَ الْمَلَأُ مِنْ قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَقَوْمَهُ لِيُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَيَذَرَكَ وَآلِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَاءَهُمْ وَنَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَاهِرُونَ 127 ١٢٧

Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzg`unchilik qilishlariga yo`l qo`yib berasanmi?» – dedilar. U: «O`g`illarini o`ldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr o`tkazuvchimiz», – dedi. (127)

Tafsir
Qavmning boyonlari va zodagonlari Firavnni Muso va uning tobelariga qarshi qayrab dedilar: "Ey Firavn, Muso va uning qavmini yer yuzida buzuqchilik qilishi hamda seni va xudolaringni tark qilib, yolgʻiz Allohga bandalik qilishlariga qoʻyib berasanmi?" Firavn dedi: "Bani Isroilning erkaklarini qirib tashlab, ayollarini choʻriga aylantiraman. Biz qahr, zoʻravonlik va saltanat bilan ular ustidan gʻalaba qilurmiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin