Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 146)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 146

سَأَصْرِفُ عَنْ آيَاتِيَ الَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَإِنْ يَرَوْا كُلَّ آيَةٍ لَا يُؤْمِنُوا بِهَا وَإِنْ يَرَوْا سَبِيلَ الرُّشْدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا وَإِنْ يَرَوْا سَبِيلَ الْغَيِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَكَانُوا عَنْهَا غَافِلِينَ 146 ١٤٦

Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, to`g`rilik yo`lini ko`rsalar ham, uni o`zlariga yo`l tutmayotganlarni, agar adashuv yo`lini ko`rsalar, uni o`zlariga yo`l tutayotganlarni O`z oyatlarimdan buraman. Bunday bo`lishi ularning oyatlarimizni yolg`onga chiqarishlari va ulardan g`ofil bo`lishlari sababidandir. (146)

Tafsir
Allohning bandalaridan oʻzlarini katta olib, haqiqatni pisand qilmaydiganlarning koʻngil koʻzlarini koʻr qilib, ufqlardagi va inson tanasidagi oyat-alomatlarimni koʻrmaydigan, ularga etibor bermaydigan qilib qoʻyaman. Ular har qanday oyat-alomatni koʻrsalar ham etiroz bildiraveradilar, yuz oʻgiraveradilar, Alloh va Rasuliga qarshi chiqib, iymonga kelmaydilar. Alloh rizosiga olib boradigan toʻgʻri yoʻlni koʻrib turib, unga ergashmaydilar, qiziqmaydilar. Aksincha, Allohning gʻazabini keltiradigan egri yoʻlga, zalolat yoʻliga ergashadilar. Ular paygʻambarlar olib kelgan risolatning haq ekaniga dalolat qiluvchi Allohning buyuk oyat-alomatlarini yolgʻonga chiqarganlari uchun, ular haqida fikr yuritmasdan gʻaflatda qolganlari uchun shu baloga, musibatga yoʻliqqanlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin