Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo`y. Biz Sening O`zingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman. (156)
Tafsir
Bizni shunday zotlardan aylagilki, Sen ularga shu dunyoda turli nematlar bergansan, ularni yaxshi amallar qilishga muvaffaq etib, tinchlik-omonlik bilan siylagansan. Oxiratda esa ularga jannatni tayyorlab qoʻygansan. Biz Senga tavba qildik. Aybu nuqsonlarimizga iqrormiz. Alloh taolo dedi: "Azobim Oʻzim istagan odamlarga - oʻziga oʻzi jabr qilib, baxtsizlik keltiradigan ishlarni qilgan kimsalarga yetib boradi. Rahmatim esa dunyodagi hamma-hamma narsani qamrab olgan. Biron maxluq yoʻqki, unga rahmatim yetib bormagan boʻlsa. Oxiratda rahmatimni Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qiladigan, mollaridan haqdorlarga zakotini beradigan va oyatlarimizga iymon keltiradigan zotlarga yozaman".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: