Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 162)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 162

فَبَدَّلَ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ قَوْلًا غَيْرَ الَّذِي قِيلَ لَهُمْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِجْزًا مِنَ السَّمَاءِ بِمَا كَانُوا يَظْلِمُونَ 162 ١٦٢

Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan o`zga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik. (162)

Tafsir
Shunda ular orasidagi zolimlar oʻzlariga aytilgan "kechirgin" soʻzini "kepak" soʻziga almashtirib aytdilar. Buyurilgan ishni qilmadilar. Shaharga Allohga egilib, sajda qilib kirish oʻrniga orqa oʻgirib kirdilar. Bas, shu qilgan zulmlari tufayli ularga osmondan azob yubordik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin