Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bas, ulardan so`ng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir o`rinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning o`tkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar o`shanga o`xshash o`tkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni o`rganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?! (169)
Tafsir
Ulardan keyin yomon odamlar keldilar. Ular salaflaridan Tavrotni oldilar. Uni oʻqiydilar-u, ammo amal qilmaydilar. Allohning Kitobini oʻzgartirish va Alloh nozil qilmagan ishga hukm qilish uchun tuban dunyoning matosini - porani oladilar. Yana Alloh bizni kechiradi, degan umidda ham boʻladilar. Ortidan esa oʻtkinchi dunyoning arzimas matosi qayta-qayta kelsa, uni yana qayta-qayta olaveradilar. Axir Alloh ulardan Allohning shanida faqat haq gapni aytishga, Allohning kalomini oʻzgartirmaslikka ahd olmaganmidi? Ular bilmaganlaridan emas, bilib turib, Kitobga amal qilmadilar. Ular oʻqigandilar, bilgandilar. Shuning uchun ularning gunohi juda katta. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qiladigan zotlar uchun oxirat va undagi nematlar bu oʻtkinchi dunyoning arzimas matolaridan yaxshiroqdir. Endi anavi shu dunyoning arzimas matosini tanlayotganlar Alloh oxiratda taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻygan bitmas-tuganmas nematlar haqida fikr yuritmaydilarmi?
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: