Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 172)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 172

وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنْ بَنِي آدَمَ مِنْ ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُوا بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَا ۛ أَنْ تَقُولُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَٰذَا غَافِلِينَ 172 ١٧٢

Robbing Bani Odamning umurtqa pog`onasidan, qiyomat kuni «bundan g`ofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o`zlariga o`zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh bo`ldik!» – deganlarini esla. (172)

Tafsir
Ey Muhammad, eslang! Parvardigoringiz Odam bolalarining pushti kamarlaridan zurriyotlarini chiqarib, ularning tabiatlariga Oʻzining yaratuvchi ekaniga iqror boʻlishni joylab: "Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?" deganida, ularning hammasi bir ovozdan: "Oriy, Sen Parvardigorimizsan", deb javob berdilar. Biz sizlarni mana shunday sinadik va sizlardan guvohlik oldik. Toki, Qiyomat kunida: "Biz bundan bexabar edik", deya Allohning sizlarga qarshi qoʻygan hujjatini inkor qila olmay qolinglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin