Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 179)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 179

وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًا مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ ۖ لَهُمْ قُلُوبٌ لَا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لَا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ آذَانٌ لَا يَسْمَعُونَ بِهَا ۚ أُولَٰئِكَ كَالْأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ 179 ١٧٩

Batahqiq, jahannam uchun ko`plab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Ko`zlari bor-u, ko`ra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana o`shalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana o`shalar g`ofildirlar. (179)

Tafsir
Biz jin va insdan koʻplarini aniq jahannam uchun yaratdik. Chunki Biz ularning jahannam uchun amal qilishlarini oldindan bilardik. Ularning dillari boru, ammo foyda-zararni ajrata olmaydilar, koʻzlari boru, ammo Allohning ufqlardagi va ularning oʻzlaridagi oyat-alomatlarini ibrat koʻzi bilan koʻra olmaydilar, quloqlari boru, ammo Allohning oyatlarini tadabbur bilan tinglamaydilar. Ular mana shunday sifatlari bilan aqlsizlikda hayvonga oʻxshaydilar. Balki, hayvondan ham adashganroqdirlar. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirishdek buyuk nematning qadriga yetmagan gʻofillardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin