Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 188)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 188

قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۚ وَلَوْ كُنْتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لَاسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ ۚ إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ 188 ١٨٨

Sen: «O`zim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bo`lur. Agar g`aybni bilganimda, yaxshilikni ko`paytirib olgan bo`lar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt. (188)

Tafsir
Ey Muhammad, ayting: "Men oʻzimga foyda ham, zarar ham qila olmayman. Faqat Allohning xohlagani boʻladi, xolos. Bu ishlarning hammasi Allohning Qoʻlida. Men Alloh bildirganidan boshqasini bilmayman. Gʻaybni bilmayman. Agar gʻaybni bilganimda, foyda keltiradigan va zararni daf qiladigan ishlarni koʻp-koʻp qilgan boʻlar edim. Chunki men u paytda qaysi ish foyda keltirishini ham, qaysi ish yomon oqibatga olib borishini ham bilgan boʻlardim. Men faqat Alloh tarafidan yuborilgan bir paygʻambarman, xolos. U Zotning alamli azobidan ogohlantiraman. Mening paygʻambarligimga iymon keltirgan zotlarga esa Allohning ulugʻ ajru savobi haqida xushxabar yetkazaman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin