Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek ko`rasan. Holbuki, ular ko`rmaslar», – deb ayt. (198)
Tafsir
Ey mushriklar, sizlar sigʻinayotgan but-sanamlar duolaringizni eshitmaydilar. Ularning surati sizlarga qarab turgandek tuyulaveradi. Aslida esa jonsiz narsa koʻrmaydi. Ular inson yoki hayvonlar suratidagi haykallar yasab olardilar. Haykallarning qoʻllari, oyoqlari, koʻzlari boʻlardi. Lekin ular jonsiz haykallar, xolos. Ularda na hayot bor va na harakat.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: