Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 22

فَدَلَّاهُمَا بِغُرُورٍ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا الشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْآتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِنْ وَرَقِ الْجَنَّةِ ۖ وَنَادَاهُمَا رَبُّهُمَا أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَنْ تِلْكُمَا الشَّجَرَةِ وَأَقُلْ لَكُمَا إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمَا عَدُوٌّ مُبِينٌ 22 ٢٢

Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib ko`rishganda, avratlari o`zlariga ko`rinib qoldi va o`zlariga jannat barglaridan to`siq to`qiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana o`sha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi. (22)

Tafsir
Ularni aldov va nayrang bilan yoʻldan ozdirib, martabalarini tushirib yubordi. Ular man qilingan daraxtdan tanovul qilishgach, avratlari ochilib qoldi. Jannatdagi daraxtlarning barglari bilan avratlarini toʻsa boshladilar. Shunda Parvardigor ularga nido qilib, shunday dedi: "Sizlarga bu daraxtdan yeyishni man qilmaganmidim? Sizlarga shayton gʻirt dushmandir, demaganmidim?"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin