Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 32

قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ ۚ قُلْ هِيَ لِلَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 32 ٣٢

Sen: «Alloh O`z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o`zlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz. (32)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Alloh halol qilgan liboslar va xush nematlarni harom qiladigan mushriklarga ayting: "Sizlarni bezab turgan libosni sizlarga kim harom qildi? Sizlarga Alloh rizq qilib bergan xush nematlarni, yeyimliklar va ichimliklarni kim harom qildi?" Ey Paygʻambar, ayting: "Bu xush nematlar bu dunyoda moʻminlar uchundir. Moʻminlarga atalgan nematlarga boshqalar bu dunyoda sheriklik qilsalar ham Qiyomatda sheriklik qila olmaydilar. Oxiratda moʻminlarga atalgan nematlar faqat ulargagina xos boʻladi. Kofir unga sherik boʻla olmaydi. Chunki jannat kofirlarga haromdir". Biz oyatlarni idrok qiladiganlar uchun mana shunday mufassal bayon qilamiz. Zero, idrok qila oladiganlargina ulardan foydalana oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin