Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, Odam bolalari, agar sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, oyatlarimni so`zlaganda, bas, kim taqvo qilsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar. (35)
Tafsir
Ey Odam bolalari, sizlarga Men tarafimdan oʻz qavmingizdan boʻlgan paygʻambarlar kelib, Men nozil qilgan kitoblarimni tilovat qilib bersalar, ularga itoat etinglar, olib kelgan hukmlariga amal qilinglar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan qoʻrqadigan, solih amallar qiladigan zotlar uchun Qiyomat kunida hech qanday xavf-xatar yoʻqdir. Ular bu dunyoda erisha olmay qolgan nasibalariga xafa ham boʻlmaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: