Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 43

وَنَزَعْنَا مَا فِي صُدُورِهِمْ مِنْ غِلٍّ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهِمُ الْأَنْهَارُ ۖ وَقَالُوا الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي هَدَانَا لِهَٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِيَ لَوْلَا أَنْ هَدَانَا اللَّهُ ۖ لَقَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ ۖ وَنُودُوا أَنْ تِلْكُمُ الْجَنَّةُ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 43 ٤٣

Va ko`ksilaridagi g`illu g`ashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bo`lsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, o`zimiz yo`l topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur. (43)

Tafsir
Jannat nemati toʻla boʻlishi uchun Alloh ularning qalblaridan nafrat va ginani olib tashlaydi. Jannatning ostidan anhorlar oqib oʻtadi. Ular nematni bergan zot Alloh ekanini etirof etib: "Bizni mana shunday nematlarga erishtirgan solih amalni qilishga muvaffaq aylagan Allohga hamd boʻlsin, agar Alloh muvaffaq qilmaganida oʻzimizcha unga yoʻl topa olmagan boʻlar edik, Parvardigorimizning elchilari hech qanday shak aralashmagan, xushxabari-yu ogohlantirishi chin boʻlgan haqni olib keldilar", deydilar. Shunda bir jarchi ularga shunday nido qilur: "Dunyodalik paytingizda sizlarga paygʻambarlarim xabarini bergan bu jannat Alloh rizosi uchun qilgan yaxshi amallaringizning mukofoti - oqibatidir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin