Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 52

وَلَقَدْ جِئْنَاهُمْ بِكِتَابٍ فَصَّلْنَاهُ عَلَىٰ عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ 52 ٥٢

Batahqiq, Biz ularga ilm ila mufassal qilingan, iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat bo`lgan kitobni keltirdik. (52)

Tafsir
Biz mana shu Quronni keltirdik. U Muhammad alayhissalomga nozil qilingan kitobdir. Biz uni ilm asosida bayon qildik. U moʻminlarni rushdu hidoyatga boshlaydigan murshid va dunyo-yu oxirat yaxshiligini oʻzida mujassam etgani bilan ular uchun bir rahmatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin