Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 53)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 53

هَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُ ۚ يَوْمَ يَأْتِي تَأْوِيلُهُ يَقُولُ الَّذِينَ نَسُوهُ مِنْ قَبْلُ قَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ فَهَلْ لَنَا مِنْ شُفَعَاءَ فَيَشْفَعُوا لَنَا أَوْ نُرَدُّ فَنَعْمَلَ غَيْرَ الَّذِي كُنَّا نَعْمَلُ ۚ قَدْ خَسِرُوا أَنْفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَفْتَرُونَ 53 ٥٣

Ular uning ta'viylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning ta'viyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Payg`ambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular o`zlariga ziyon qildilar va to`qib olgan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi. (53)

Tafsir
Kofirlar yaqinda yuz berishi muqarrar boʻlgan alamli azobdan oʻzga narsani kutmaydilar. Oxiratda ularning borar joylari oʻsha azobdan oʻzga narsa boʻlmaydi. Ularga oldindan aytilayotgan azob ham, moʻminlar uchun aytilayotgan savob ham oʻsha kunda keladi. Oʻshanda bu dunyoda Quronni unutganlar va unga amal qilmaganlar: "Parvardigorimizning paygʻambarlari biron shubha aralashmagan haqni olib kelgan ekanlar, ularning Alloh tarafidan ekani ham aniq ekan, qaniydi bir shafoatchilar boʻlib, bizni Allohning azobidan asrab qolsalar, qaniydi biz dunyo hayotiga qaytarilsagu yomonliklar oʻrniga yaxshiliklar qilsak", deb qoladilar. Bu kofirlar keltirgan kufrlari kasofatidan oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga uloqtiradilar, Allohni qoʻyib, xudo qilib olgan mabudlari qoralarini ham koʻrsatmaydilar, zarracha asqotmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin