Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 54

إِنَّ رَبَّكُمُ اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِأَمْرِهِ ۗ أَلَا لَهُ الْخَلْقُ وَالْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ 54 ٥٤

«Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni O`z amriga bo`ysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh bo`ling, yaratish va amr qilish Uning O`ziga xosdir. Olamlarning Robbi — Alloh buyukdir. (54)

Tafsir
Ey odamlar, Parvardigoringiz osmonlaru yerni olti kunda yoʻqdan bor qilgan, keyin esa Oʻzining jalolatiga loyiq bir tarzda (biz uning qandayligini bilmaymiz) Arshga koʻtarilgan, kecha zulmatini kunduz yorugʻligi ila, kunduz yorugʻligini esa kecha zulmati ila ketkazadigan Allohdir. Kecha bilan kunduz tinimsiz almashib turadilar. Biri ketsa, biri keladi. U Zot quyoshni yaratdi, oyni yaratdi, yulduzlarni Oʻz amriga boʻysunadigan qilib yaratdi. Ogoh boʻlingki, hamma yaratish yolgʻiz Allohnikidir. Undan oʻzga yaratuvchi yoʻqdir. Hamma amru farmon ham yolgʻiz Unikidir. U Zotning yaxshiligi va ehsoni behisobdir. Oʻzi jalol va kamol sifatlari ila tavsiflanmishdir. U olamlar Parvardigoridir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin