Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 58

وَالْبَلَدُ الطَّيِّبُ يَخْرُجُ نَبَاتُهُ بِإِذْنِ رَبِّهِ ۖ وَالَّذِي خَبُثَ لَا يَخْرُجُ إِلَّا نَكِدًا ۚ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَشْكُرُونَ 58 ٥٨

Pok yurtning nabototi Robbining izni ila chiqadir. Nopok bo`lgani esa, faqat qiyinchilik ila chiqadir. Shukr keltirgan qavmlar uchun oyatlarimizni shunday xilma-xil bayon qilamiz. (58)

Tafsir
Serhosil yerdan Allohning izni ila koʻp yaxshi ekinlar chiqqani kabi nasihatga quloq soladigan moʻmindan ham yaxshi amallar sodir boʻladi. Shoʻr yerdan bir tuzukroq ekin yetishib chiqishi dargumon boʻlganidek, nasihatga quloq solmaydigan kofirdan ham biron foydali ish sodir boʻlishi dargumon. Biz Allohning nematlariga shukr qiladigan, kufr keltirmaydigan va Parvardigoriga itoat etadigan qavmga haqni isbotlab berish uchun hujjatlarni mana shunday xilma-xil qilib keltiramiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin