Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 69)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 69

أَوَعَجِبْتُمْ أَنْ جَاءَكُمْ ذِكْرٌ مِنْ رَبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِنْكُمْ لِيُنْذِرَكُمْ ۚ وَاذْكُرُوا إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَاءَ مِنْ بَعْدِ قَوْمِ نُوحٍ وَزَادَكُمْ فِي الْخَلْقِ بَسْطَةً ۖ فَاذْكُرُوا آلَاءَ اللَّهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 69 ٦٩

O`zingizdan bo`lgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning ne'matlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi. (69)

Tafsir
Farishta yo jin emas, oʻzlaringizga oʻxshagan bir kishining tili orqali sizlarga Parvardigoringiz tarafidan bir eslatma kelsa, ajablanasizmi?! Kufri tufayli halokatga uchragan Nuh qavmining oʻrniga sizlarni olib kelib, zaminni maskan qilib bergani hamda kuchli, baquvvat, basavlat qilib yaratgani uchun Parvardigoringizga hamd ayting, shukr qiling. Allohning sizlarga ato etgan hisobsiz nematlarini eslangiz. Zora, xavf-xatardan xoli boʻlib, murod-maqsadingizga yetsangiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin