Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qaysi bir qishloqqa Payg`ambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarru' qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz. (94)
Tafsir
Qaysi bir yurtga bir paygʻambar yuborsak va uning aholisi Biz yuborgan paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarib, kofir boʻlsalar, kibru havolaridan tushib, Allohga boʻysunishlari uchun ularni baxtsizlik, kambagʻallik, kasallik kabi ofatlarga giriftor qildik. Haqni yolgʻonga chiqaradiganlarning oqibati borasidagi Allohning bu qonuniyatini eslatish Qurayshga va har bir haqni tan olmaydigan kofirlarga qaratilgan ogohlantiruvdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: