Sura Al-Muzzammil (O‘ranib olgan — المزمل) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




73 Al-Muzzammil(المزمل), Oyat 20

إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِنْ ثُلُثَيِ اللَّيْلِ وَنِصْفَهُ وَثُلُثَهُ وَطَائِفَةٌ مِنَ الَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَاللَّهُ يُقَدِّرُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَنْ لَنْ تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَاقْرَءُوا مَا تَيَسَّرَ مِنَ الْقُرْآنِ ۚ عَلِمَ أَنْ سَيَكُونُ مِنْكُمْ مَرْضَىٰ ۙ وَآخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِنْ فَضْلِ اللَّهِ ۙ وَآخَرُونَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۖ فَاقْرَءُوا مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنْفُسِكُمْ مِنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِنْدَ اللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 20 ٢٠

Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog`ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo`lib o`tkazayotganingni va sen bilan birga bo`lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O`zi o`lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo`lganicha o`qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo`lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo`lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo`lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O`zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo`lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog`ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahmdildir. (20)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Parvardigoringiz sizning va bir guruh moʻminlarning siz bilan birga goho kechaning uchdan ikkisidan ozrogʻida, goho kechaning yarmida, gohida esa uchdan birida namoz oʻqishlaringizni biladi. Alloh taolo kecha va kunduzni oʻlchab, uning soatlarini hisoblab qoʻygan. Parvardigor sizlarning kechayu kunduz soatlarini aniq oʻlchay olmasligingizni va belgilay olmasligingizni biladi. Sizdan talab qilingan tungi namoz miqdorini bilmasdan, uning koʻprogʻida namoz oʻqish sizlarga ogʻir keladi. Shuning uchun Alloh taolo sizlarga yengillik berdi. Bas, tunda muyassar boʻlganicha namoz oʻqinglar. Ey moʻminlar, U Zot sizlarning orangizda kasallik tinkasini quritgan bemorlar, Allohdan rizq izlab chiqqan musofirlar va Allohning roziligi yoʻlida Uning kalimasini oliy qilish uchun kofirlar bilan jang qilayotgan mujohidlar borligini hamda ularga tungi namoz ogʻir kelishini bildi. Shunday ekan, oʻzingizni qiynamay, tunda qodir boʻlganingizcha namoz oʻqingiz. Namozlaringizni eng mukammal suratda ado qilingiz, molingizdan zakot beringiz, Alloh yoʻlida mol-davlatingizdan infoq-ehson qilingiz. Oʻzingiz uchun qilgan yaxshiliklaringizni yanada yaxshiroq va ajr-savobi koʻproq holda topasiz. Alloh taolodan magʻfirat tilangiz. Albatta Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli va ularga Mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin