Sura Muddassir (Yopingan) — سُورَةُ المدثر
يَا أَيُّهَا الْمُدَّثِّرُ i
74:1Ey, burkanib yotgan! (1)
قُمْ فَأَنْذِرْ i
74:2Tur va ogohlantir! (2)
وَرَبَّكَ فَكَبِّرْ i
74:3Va Robbingni ulug`la! (3)
وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ i
74:4Va kiyimingni pokla! (4)
وَالرُّجْزَ فَاهْجُرْ i
74:5Va azob(sababchisi)dan chetlan! (5)
وَلَا تَمْنُنْ تَسْتَكْثِرُ i
74:6Va ko`p (ish) qilgan bo`lsang ham, minnat qilma. (6)
وَلِرَبِّكَ فَاصْبِرْ i
74:7Va Robbing uchun sabr qil. (7)
فَإِذَا نُقِرَ فِي النَّاقُورِ i
74:8Bas, vaqti kelib, dudga puflansa... (8)
فَذَٰلِكَ يَوْمَئِذٍ يَوْمٌ عَسِيرٌ i
74:9Bas, o`sha, o`shal kun qiyin kundir. (9)
عَلَى الْكَافِرِينَ غَيْرُ يَسِيرٍ i
74:10U kofirlarga oson emasdir. (10)
ذَرْنِي وَمَنْ خَلَقْتُ وَحِيدًا i
74:11Meni O`zim yakka yaratgan kishi bilan qo`yib qo`y. (11)
وَجَعَلْتُ لَهُ مَالًا مَمْدُودًا i
74:12Va unga ko`plab molu dunyo berib qo`ydim. (12)
وَبَنِينَ شُهُودًا i
74:13Va hoziru nozir farzandlar ham. (13)
وَمَهَّدْتُ لَهُ تَمْهِيدًا i
74:14Va unga (hamma narsani) osonlashtirib qo`ydim. (14)
ثُمَّ يَطْمَعُ أَنْ أَزِيدَ i
74:15So`ngra, yana ziyoda qilishimni tama' qilur. (15)
كَلَّا ۖ إِنَّهُ كَانَ لِآيَاتِنَا عَنِيدًا i
74:16Yo`q! Chunki, u Bizning oyatlarimizga sarkash edi. (16)
سَأُرْهِقُهُ صَعُودًا i
74:17Tezda uni mashaqqatli chiqish-la horitaman. (17)
إِنَّهُ فَكَّرَ وَقَدَّرَ i
74:18Albatta, u tafakkur qildi va chamalab ko`rdi. (18)
فَقُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ i
74:19La'nat bo`lsin unga, qandoq ham chamaladi! (19)
ثُمَّ قُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ i
74:20So`ngra yana la'nat bo`lsin unga, qandoq ham chamaladi. (20)
ثُمَّ نَظَرَ i
74:21So`ngra nazar soldi. (21)
ثُمَّ عَبَسَ وَبَسَرَ i
74:22So`ngra yuzini burishtirdi va qavog`ini soldi. (22)
ثُمَّ أَدْبَرَ وَاسْتَكْبَرَ i
74:23So`ngra yuz o`girdi va takabburlik qildi. (23)
فَقَالَ إِنْ هَٰذَا إِلَّا سِحْرٌ يُؤْثَرُ i
74:24Bas, «Bu asar qolgan sehrdan o`zga hech narsa emas. (24)
إِنْ هَٰذَا إِلَّا قَوْلُ الْبَشَرِ i
74:25Bu bashar so`zidan o`zga hech narsa emas», dedi. (25)
سَأُصْلِيهِ سَقَرَ i
74:26Tezda uni saqar(do`zaxi)ga kiriturman. (26)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا سَقَرُ i
74:27Va saqar nimaligini senga nima bildirdi? (27)
لَا تُبْقِي وَلَا تَذَرُ i
74:28U boqiy qoldirmas va tark ham qilmas. (28)
لَوَّاحَةٌ لِلْبَشَرِ i
74:29U terini ko`p kuydiruvchidir. (29)
عَلَيْهَا تِسْعَةَ عَشَرَ i
74:30U(saqar)ning ustida o`n to`qqizta (farishta) bor. (30)
وَمَا جَعَلْنَا أَصْحَابَ النَّارِ إِلَّا مَلَائِكَةً ۙ وَمَا جَعَلْنَا عِدَّتَهُمْ إِلَّا فِتْنَةً لِلَّذِينَ كَفَرُوا لِيَسْتَيْقِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَيَزْدَادَ الَّذِينَ آمَنُوا إِيمَانًا ۙ وَلَا يَرْتَابَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَالْمُؤْمِنُونَ ۙ وَلِيَقُولَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ وَالْكَافِرُونَ مَاذَا أَرَادَ اللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۚ وَمَا يَعْلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَ ۚ وَمَا هِيَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْبَشَرِ i
74:31Do`zax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda bo`lishi uchun. Kitob berilganlar va mo`minlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini O`zidan boshqa hech kim bilmas. Va u (do`zax) bashar uchun eslatmadan o`zga hech narsa emas. (31)
كَلَّا وَالْقَمَرِ i
74:32Yo`q! Oy bilan qasam. (32)
وَاللَّيْلِ إِذْ أَدْبَرَ i
74:33Va chekinayotgan tun bilan qasam. (33)
وَالصُّبْحِ إِذَا أَسْفَرَ i
74:34Va yorishayotgan tong bilan qasam. (34)
إِنَّهَا لَإِحْدَى الْكُبَرِ i
74:35Albatta, u(do`zax) ulkan(azob)larning biridir. (35)
نَذِيرًا لِلْبَشَرِ i
74:36U bashariyat uchun ogohlantiruvchidir. (36)
لِمَنْ شَاءَ مِنْكُمْ أَنْ يَتَقَدَّمَ أَوْ يَتَأَخَّرَ i
74:37Sizlardan peshqadam bo`lishni yoki ortda qolishni xohlayotgan kimsalar uchundir. (37)
كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ رَهِينَةٌ i
74:38Har bir shaxs o`z kasbining garovidir. (38)
إِلَّا أَصْحَابَ الْيَمِينِ i
74:39(Bundan) o`ng taraf sohiblari mustasnodir. (39)
فِي جَنَّاتٍ يَتَسَاءَلُونَ i
74:40Ular jannatlarda, so`raydirlar. (40)
عَنِ الْمُجْرِمِينَ i
74:41Gunohkorlardan. (41)
مَا سَلَكَكُمْ فِي سَقَرَ i
74:42«Sizlarni do`zaxga nima kiritdi?» (deb) (42)
قَالُوا لَمْ نَكُ مِنَ الْمُصَلِّينَ i
74:43Alar: «Namoz o`qiydiganlardan bo`lmagan edik. (43)
وَلَمْ نَكُ نُطْعِمُ الْمِسْكِينَ i
74:44Va miskinlarga taom bermagan edik. (44)
وَكُنَّا نَخُوضُ مَعَ الْخَائِضِينَ i
74:45Va botilga sho`ng`uvchilar bilan birga sho`ng`ir edik. (45)
وَكُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوْمِ الدِّينِ i
74:46Va qiyomat kunini yolg`onga chiqarar edik. (46)
حَتَّىٰ أَتَانَا الْيَقِينُ i
74:47Toki bizga o`lim kelgunicha», derlar. (47)
فَمَا تَنْفَعُهُمْ شَفَاعَةُ الشَّافِعِينَ i
74:48Bas, ularga shafoatchilarning shafoati manfaat bermaydir. (48)
فَمَا لَهُمْ عَنِ التَّذْكِرَةِ مُعْرِضِينَ i
74:49Ularga nima bo`ldiki, eslatmadan yuz o`girarlar. (49)
كَأَنَّهُمْ حُمُرٌ مُسْتَنْفِرَةٌ i
74:50Xuddi qattiq qo`rqqan eshaklar. (50)
فَرَّتْ مِنْ قَسْوَرَةٍ i
74:51Arslondan qochgani kabi. (51)
بَلْ يُرِيدُ كُلُّ امْرِئٍ مِنْهُمْ أَنْ يُؤْتَىٰ صُحُفًا مُنَشَّرَةً i
74:52Balki ulardan har biri o`ziga nashr qilingan sahifalar berilishini iroda qilar. (52)
كَلَّا ۖ بَلْ لَا يَخَافُونَ الْآخِرَةَ i
74:53Yo`q! Balki ular oxiratdan qo`rqmaslar. (53)
كَلَّا إِنَّهُ تَذْكِرَةٌ i
74:54Yo`q! Albatta, u(Qur'on) eslatmadur. (54)
فَمَنْ شَاءَ ذَكَرَهُ i
74:55Bas, kim xohlasa, uni eslaydir. (55)
وَمَا يَذْكُرُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ ۚ هُوَ أَهْلُ التَّقْوَىٰ وَأَهْلُ الْمَغْفِرَةِ i
74:56Va faqat Alloh xohlasagina, eslarlar. U zot taqvo ahlidir va mag`firat ahlidir. (56)