Sura Al-Muddaththir (Yopingan — المدثر) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




74 Al-Muddaththir(المدثر), Oyat 31

وَمَا جَعَلْنَا أَصْحَابَ النَّارِ إِلَّا مَلَائِكَةً ۙ وَمَا جَعَلْنَا عِدَّتَهُمْ إِلَّا فِتْنَةً لِلَّذِينَ كَفَرُوا لِيَسْتَيْقِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَيَزْدَادَ الَّذِينَ آمَنُوا إِيمَانًا ۙ وَلَا يَرْتَابَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَالْمُؤْمِنُونَ ۙ وَلِيَقُولَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ وَالْكَافِرُونَ مَاذَا أَرَادَ اللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۚ وَمَا يَعْلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَ ۚ وَمَا هِيَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْبَشَرِ 31 ٣١

Do`zax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda bo`lishi uchun. Kitob berilganlar va mo`minlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini O`zidan boshqa hech kim bilmas. Va u (do`zax) bashar uchun eslatmadan o`zga hech narsa emas. (31)

Tafsir
Doʻzaxning posbonlarini farishtalardan qildik. Ularga insonlarning toqati dosh berolmaydi. Alloh kofirlarni sinash uchun azob farishtalarining sonini oʻn toʻqqizta qildi. Toki, ular deganini deb, oʻzlariga oʻzlari azobni kuchaytirib olsinlar. Toki, Tavrot berilgan yahudiylar va Injil berilgan nasroniylar Quron ularning kitoblaridagi malumotni tasdiqlaganini koʻrib, aniq ishonch hosil qilsinlar. Ahli kitoblarning muvofiqligini koʻrib, moʻminlarning ham iymonlari ziyoda boʻlsin. Toki, yahudiy, nasroniy va moʻminlarning qalblarida shubha qolmasin. Toki, iymon bobida ikkilanib turganlar va kofirlar: ”Bu gʻalati son bilan Alloh nimani xohlayapti oʻzi?!”, - deb qolsinlar. Alloh taolo Oʻzi xohlagan kimsani adashtiradi, Oʻzi istagan kishini hidoyatga boshlaydi. Mana shu sonni inkor qiluvchilarni adashtirgani va tasdiq etganlarni hidoyatga boshlagani buning yaqqol misolidir. Parvardigoringiz lashkarlari shu qadar koʻpki, uni Oʻzidan boshqa hech kim bilmaydi. Jahannam Alloh taoloning qudratini bilib olishlari uchun bashariyatga bir eslatmadir, xolos.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin