Sura Qiyomat (Qiyomat) — سُورَةُ القيامة
لَا أُقْسِمُ بِيَوْمِ الْقِيَامَةِ i
75:1Qiyomat kuni bilan qasam. (1)
وَلَا أُقْسِمُ بِالنَّفْسِ اللَّوَّامَةِ i
75:2Va malomatchi nafs bilan qasam. (2)
أَيَحْسَبُ الْإِنْسَانُ أَلَّنْ نَجْمَعَ عِظَامَهُ i
75:3(Kofir) Inson Bizni uning suyaklarini jamlab olmas, deb o`ylarmi? (3)
بَلَىٰ قَادِرِينَ عَلَىٰ أَنْ نُسَوِّيَ بَنَانَهُ i
75:4Albatta, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga keltirishga qodirmiz. (4)
بَلْ يُرِيدُ الْإِنْسَانُ لِيَفْجُرَ أَمَامَهُ i
75:5Balki, inson kelajakda fisqu fujur qilishni xohlaydir. (5)
يَسْأَلُ أَيَّانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ i
75:6Qiyomat kuni qachon? — deb so`raydir. (6)
فَإِذَا بَرِقَ الْبَصَرُ i
75:7Qachonki ko`z lol qolib qo`rqinchga to`lsa. (7)
وَخَسَفَ الْقَمَرُ i
75:8Va oy tutilsa. (8)
وَجُمِعَ الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ i
75:9Va quyosh bilan oy jamlansa. (9)
يَقُولُ الْإِنْسَانُ يَوْمَئِذٍ أَيْنَ الْمَفَرُّ i
75:10O`shal kunda inson: «Qochar joy qayerda?» deb qoladir. (10)
كَلَّا لَا وَزَرَ i
75:11Yo`q! Qochar joy yo`qdir! (11)
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمُسْتَقَرُّ i
75:12U kunda joylashuv faqat Robbing huzurida bo`ladir. (12)
يُنَبَّأُ الْإِنْسَانُ يَوْمَئِذٍ بِمَا قَدَّمَ وَأَخَّرَ i
75:13U kunda insonga avvalu oxir qilgan ishlarining xabari beriladir. (13)
بَلِ الْإِنْسَانُ عَلَىٰ نَفْسِهِ بَصِيرَةٌ i
75:14Ha, inson o`z nafsiga qarshi o`zi shohiddir. (14)
وَلَوْ أَلْقَىٰ مَعَاذِيرَهُ i
75:15Va agar uzrlarini to`kib solsa ham. (15)
لَا تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِ i
75:16Sen shoshilib u bilan tilingni qimirlatma. (16)
إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ i
75:17Albatta, u(Qur'on)ni jamlash va o`qib berish Bizning zimmamizda. (17)
فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ i
75:18Bas, Biz uni o`qisak, qiroatiga zehn solib tur. (18)
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ i
75:19So`ngra u(Qur'on)ni bayon qilib berish ham Bizning zimmamizda. (19)
كَلَّا بَلْ تُحِبُّونَ الْعَاجِلَةَ i
75:20Yo`q! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi ko`rasizlar. (20)
وَتَذَرُونَ الْآخِرَةَ i
75:21Va oxiratni tark etasizlar. (21)
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ i
75:22U kunda chiroyli yuzlar bor. (22)
إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ i
75:23O`z Robbisiga nazar soluvchilar. (23)
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ بَاسِرَةٌ i
75:24Va u kunda tirishib-burishgan yuzlar ham bor. (24)
تَظُنُّ أَنْ يُفْعَلَ بِهَا فَاقِرَةٌ i
75:25O`zlariga umurtqasini sindiradigan ish bo`lishiga ishonarlar. (25)
كَلَّا إِذَا بَلَغَتِ التَّرَاقِيَ i
75:26Yo`q! Vaqtiki, (jon) halqumga kelsa. (26)
وَقِيلَ مَنْ ۜ رَاقٍ i
75:27Va «Kim buni qutqarar?» deyilsa. (27)
وَظَنَّ أَنَّهُ الْفِرَاقُ i
75:28Va, albatta, bu firoq ekanligiga ishonsa. (28)
وَالْتَفَّتِ السَّاقُ بِالسَّاقِ i
75:29Va boldirlar bir-biriga almashsa. (29)
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمَسَاقُ i
75:30U kunda haydab borish joyi Robbing huzuridadir. (30)
فَلَا صَدَّقَ وَلَا صَلَّىٰ i
75:31Bas, u tasdiqlamadi va namoz o`qimadi. (31)
وَلَٰكِنْ كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ i
75:32Va lekin yolg`onga chiqardi va yuz o`girdi. (32)
ثُمَّ ذَهَبَ إِلَىٰ أَهْلِهِ يَتَمَطَّىٰ i
75:33So`ng o`z ahliga kerilib bordi. (33)
أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰ i
75:34Holingga voy bo`lsin sening, voy bo`lsin! (34)
ثُمَّ أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰ i
75:35Yana holingga voy bo`lsin sening, voy bo`lsin! (35)
أَيَحْسَبُ الْإِنْسَانُ أَنْ يُتْرَكَ سُدًى i
75:36Inson behuda tark qilinishlikning hisobini qilurmi? (36)
أَلَمْ يَكُ نُطْفَةً مِنْ مَنِيٍّ يُمْنَىٰ i
75:37U maniydan oqqan nutfa bo`lmaganmidi? (37)
ثُمَّ كَانَ عَلَقَةً فَخَلَقَ فَسَوَّىٰ i
75:38So`ng alaqa bo`ldi. Bas, bekami-ko`st etib yaratdi. (38)
فَجَعَلَ مِنْهُ الزَّوْجَيْنِ الذَّكَرَ وَالْأُنْثَىٰ i
75:39Bas, undan juftni — erkak va ayolni yaratdi. (39)
أَلَيْسَ ذَٰلِكَ بِقَادِرٍ عَلَىٰ أَنْ يُحْيِيَ الْمَوْتَىٰ i
75:40Shunday Zot o`liklarni tiriltirishga qodir emasmi?! (40)