Sura Mursalot (Yuborilganlar) — سُورَةُ المرسلات
وَالْمُرْسَلَاتِ عُرْفًا i
77:1Ket-ket yuborilganlar bilan qasam. (1)
فَالْعَاصِفَاتِ عَصْفًا i
77:2Qattiq esgan shamollar bilan qasam. (2)
وَالنَّاشِرَاتِ نَشْرًا i
77:3Va (shariatni) nashr qiluvchilar bilan qasam. (3)
فَالْفَارِقَاتِ فَرْقًا i
77:4Farqlovchilar bilan qasam. (4)
فَالْمُلْقِيَاتِ ذِكْرًا i
77:5Vahiyni tashuvchilar bilan qasam. (5)
عُذْرًا أَوْ نُذْرًا i
77:6Uzrlarni yoki ogohlantirishlarni ham. (6)
إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَوَاقِعٌ i
77:7Albatta, sizga va'da qilinayotgan narsa voqe' bo`lguvchidir. (7)
فَإِذَا النُّجُومُ طُمِسَتْ i
77:8Bas, vaqtiki yulduzlar o`chirilsa. (8)
وَإِذَا السَّمَاءُ فُرِجَتْ i
77:9Va vaqtiki, osmon yorilsa. (9)
وَإِذَا الْجِبَالُ نُسِفَتْ i
77:10Va vaqtiki, tog`lar ko`chirilsa. (10)
وَإِذَا الرُّسُلُ أُقِّتَتْ i
77:11Va vaqtiki, Payg`ambarlarga vaqt belgilansa. (11)
لِأَيِّ يَوْمٍ أُجِّلَتْ i
77:12Qandoq kunga surilgan-a? (12)
لِيَوْمِ الْفَصْلِ i
77:13Ajratish kuniga. (13)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا يَوْمُ الْفَصْلِ i
77:14Ajratish kunini senga nima bildirdi? (14)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:15O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (15)
أَلَمْ نُهْلِكِ الْأَوَّلِينَ i
77:16Avvalgilarni halok qilmadikmi? (16)
ثُمَّ نُتْبِعُهُمُ الْآخِرِينَ i
77:17So`ngra keyingilarini ularga ergashtirmadikmi? (17)
كَذَٰلِكَ نَفْعَلُ بِالْمُجْرِمِينَ i
77:18Gunohkorlarni shundoq qilamiz. (18)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:19O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (19)
أَلَمْ نَخْلُقْكُمْ مِنْ مَاءٍ مَهِينٍ i
77:20Sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi? (20)
فَجَعَلْنَاهُ فِي قَرَارٍ مَكِينٍ i
77:21Bas, uni mustahkam qarorgohga joylamadikmi?! (21)
إِلَىٰ قَدَرٍ مَعْلُومٍ i
77:22Ma'lum vaqtgacha. (22)
فَقَدَرْنَا فَنِعْمَ الْقَادِرُونَ i
77:23Bas, Biz qodir bo`ldik va qandoq ham yaxshi qodir bo`luvchimiz. (23)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:24O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (24)
أَلَمْ نَجْعَلِ الْأَرْضَ كِفَاتًا i
77:25Yerni o`ziga tortuvchi qilib qo`ymadikmi?! (25)
أَحْيَاءً وَأَمْوَاتًا i
77:26Tiriklarni va o`liklarni. (26)
وَجَعَلْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ شَامِخَاتٍ وَأَسْقَيْنَاكُمْ مَاءً فُرَاتًا i
77:27Va Biz unda yuksak tog`lar qildik va sizlarni zilol suv bilan sug`ordik. (27)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:28O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (28)
انْطَلِقُوا إِلَىٰ مَا كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ i
77:29Yuringiz! O`zingiz yolg`onga chiqargan narsaga qarab. (29)
انْطَلِقُوا إِلَىٰ ظِلٍّ ذِي ثَلَاثِ شُعَبٍ i
77:30Yuringiz! Uch sho`'basi bor «soya»ga qarab. (30)
لَا ظَلِيلٍ وَلَا يُغْنِي مِنَ اللَّهَبِ i
77:31U, salqin qiluvchimas va olovni ham qaytarmas. (31)
إِنَّهَا تَرْمِي بِشَرَرٍ كَالْقَصْرِ i
77:32Albatta, u (jahannam) qasrdek uchqunlarni otadir. (32)
كَأَنَّهُ جِمَالَتٌ صُفْرٌ i
77:33U (uchqun) xuddi qoramtir-sarg`ish tuyalarga o`xshaydir. (33)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:34O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (34)
هَٰذَا يَوْمُ لَا يَنْطِقُونَ i
77:35Bu, ular gapira olmaydigan kundir. (35)
وَلَا يُؤْذَنُ لَهُمْ فَيَعْتَذِرُونَ i
77:36Va ularga uzr aytishga izn berilmaydir. (36)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:37O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (37)
هَٰذَا يَوْمُ الْفَصْلِ ۖ جَمَعْنَاكُمْ وَالْأَوَّلِينَ i
77:38Bu ajratish kuni sizlarni va avvalgilarni jamladik. (38)
فَإِنْ كَانَ لَكُمْ كَيْدٌ فَكِيدُونِ i
77:39Bas, sizlarning hiylangiz bo`lsa, Menga ishlatib ko`ring-chi? (39)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:40O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (40)
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي ظِلَالٍ وَعُيُونٍ i
77:41Albatta, taqvodorlar soyalar va buloqlardadir. (41)
وَفَوَاكِهَ مِمَّا يَشْتَهُونَ i
77:42Va o`zlari xohlagan mevalardadir. (42)
كُلُوا وَاشْرَبُوا هَنِيئًا بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ i
77:43Yenglar va ichinglar, osh bo`lsin. Qilgan amallaringiz sababidandir. (43)
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ i
77:44Albatta, Biz muhsinlarni shunday mukofotlarmiz. (44)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:45O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (45)
كُلُوا وَتَمَتَّعُوا قَلِيلًا إِنَّكُمْ مُجْرِمُونَ i
77:46Yenglar va mazza qilinglar, ozginagina. Albatta, sizlar gunohkorsizlar. (46)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:47O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (47)
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ارْكَعُوا لَا يَرْكَعُونَ i
77:48Va agar ularga ruku' qilinglar deyilsa, ruku' qilmaslar. (48)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
77:49O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (49)
فَبِأَيِّ حَدِيثٍ بَعْدَهُ يُؤْمِنُونَ i
77:50Bas, undan keyin qaysi so`zga ishonadilar?! (50)