Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 12

إِذْ يُوحِي رَبُّكَ إِلَى الْمَلَائِكَةِ أَنِّي مَعَكُمْ فَثَبِّتُوا الَّذِينَ آمَنُوا ۚ سَأُلْقِي فِي قُلُوبِ الَّذِينَ كَفَرُوا الرُّعْبَ فَاضْرِبُوا فَوْقَ الْأَعْنَاقِ وَاضْرِبُوا مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍ 12 ١٢

O`shanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qo`rqinch solaman. Bas, bo`yinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi. (12)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Parvardigoringiz Badr jangida moʻminlarni quvvatlash uchun Oʻzi yuborgan farishtalarga shunday degandi: "Ey farishtalar, Men sizlarni qoʻllab-quvvatlab turaman. Sizlar esa moʻminlarning dushmanga qarshi kurashishdagi matonatlarini mustahkamlangiz. Yaqinda kufr keltirgan kimsalarning koʻngliga qattiq qoʻrquvni solaman. Ey moʻminlar, kofirlarning kallasini tanasidan judo qilingiz. Barmoqlarini ham chopib tashlangiz. Toki, minbad sizlarga qarshi qurol koʻtara olmay qolsinlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin