Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sendan o`ljalar haqida so`rarlar. Sen: «O`ljalar Alloh va Payg`ambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va o`z oralaringizni isloh etinglar. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilinglar», deb ayt. (1)
Tafsir
Ey Paygʻambar, sahobalaringiz sizdan oʻljalar haqida, ularni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida soʻraydilar. Ayting: "Oʻljalar Allohniki va Paygʻambarinikidir. Uni qanday taqsimlash va tasarruf etish Alloh va Paygʻambarining haqqidir. Sizlarga esa taslim boʻlish boʻysunish vojibdir. Ey moʻminlar, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilingiz. Oralaringizdagi sovuqchilik va kelishmovchilikni bartaraf etib, oʻzaro yaqinlik, oshnolik, goʻzal xulq va kechirimlilikni barpo etingiz. Agar chin moʻmin boʻlsangiz Alloh va Paygʻambariga ogʻishmay itoat etingiz. Zero, iymon itoatga va masiyatdan chetda turishga chorlaydi. Bu savol Badr jangidan keyin yuzaga kelgandi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: