Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 28

وَاعْلَمُوا أَنَّمَا أَمْوَالُكُمْ وَأَوْلَادُكُمْ فِتْنَةٌ وَأَنَّ اللَّهَ عِنْدَهُ أَجْرٌ عَظِيمٌ 28 ٢٨

Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan o`zga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulug` ajr bordir. (28)

Tafsir
Ey moʻminlar, bilingizki, mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz Alloh tarafidan berilgan bir sinov, imtihondir. Ular sizlarni oxirat uchun amal qilishdan toʻsishi va xiyonatga undashi mumkin. Bilingizki, ulugʻ ajr-mukofot Allohning huzuridadir. Shunday boʻlgach, mol-dunyo va bola-chaqa deb, ular tufayli xiyonat sari qadam bosib, buyuk va tuganmas ajru savobdan quruq qolmangiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin