Sura Anfol (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Anfol(الأنفال), Oyat 41

وَاعْلَمُوا أَنَّمَا غَنِمْتُمْ مِنْ شَيْءٍ فَأَنَّ لِلَّهِ خُمُسَهُ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ إِنْ كُنْتُمْ آمَنْتُمْ بِاللَّهِ وَمَا أَنْزَلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا يَوْمَ الْفُرْقَانِ يَوْمَ الْتَقَى الْجَمْعَانِ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 41 ٤١

Va agar Allohga, furqon kuni — ikki jamoat to`qnashgan kuni bandamizga nozil qilgan narsamizga iymon keltirgan bo`lsangiz, bilingki, o`ljaga olgan narsangizdan beshdan biri Allohga, Rasuliga, yaqinlariga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlargadir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir. (41)

Tafsir
Ey moʻminlar, agar sizlar Allohga va bandamiz Muhammad alayhissalomga Badr kunida nozil qilganimizga iymon keltirsangizlar, bilinglarki, Alloh yoʻlidagi jihodda kofirlardan tortib olgan narsalaringiz besh qismga boʻlinadi. Shundan toʻrt qismi mujohidlarga taqsimlansa, qolgan bir qismi yana besh qismga boʻlinadi. Undan bir qismi Alloh va Paygʻambari uchun boʻlib, musulmonlarning umumiy xarajatlariga sarf qilinadi. Ikkinchi qismi Paygʻambar alayhissalomning qarindoshlari Bani Hoshim va Bani Muttalibga beriladi. Uchinchi boʻlak yetimlarga, toʻrtinchisi kambagʻal-miskinlarga, beshinchisi esa musofirlarga beriladi. Badr kunida Alloh sizlarni dushmanlaringizdan gʻolib qilib, haq bilan botilni ajratib bergandi. Sizlarga gʻalaba ato etgan Alloh har ishga Qodirdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin