Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
O`shanda Alloh tushingda ularni senga oz ko`rsatdi. Agar ularni senga ko`p ko`rsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi Zotdir. (43)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Allohning sizga va moʻminlarga ato etgan nematlarini eslang! Sizga tushingizda mushriklarning sonini oz qilib koʻrsatdi. Moʻminlar bundan xabar topib, xursand boʻldilar. Dushmanga qarshi jang qilishga yanada qatiylashdilar. Agar Alloh sizga tushingizda mushriklarni koʻp qilib koʻrsatganida sahobalaringizdagi qatiylik susayib, jang qilishdan qoʻrqib qolardilar. Lekin Alloh buning oldini olib, moʻminlarni muvaffaqiyatsizlikdan asradi. Alloh qalblar ichidagi yashirin oʻy-xayollardan ham voqif boʻlgan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: