Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 44

وَإِذْ يُرِيكُمُوهُمْ إِذِ الْتَقَيْتُمْ فِي أَعْيُنِكُمْ قَلِيلًا وَيُقَلِّلُكُمْ فِي أَعْيُنِهِمْ لِيَقْضِيَ اللَّهُ أَمْرًا كَانَ مَفْعُولًا ۗ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الْأُمُورُ 44 ٤٤

O`shanda, to`qnashganingizda, ularni sizning ko`zingizga oz qilib ko`rsatganini, sizni ularning ko`ziga oz qilib ko`rsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak bo`lgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur. (44)

Tafsir
Ey moʻminlar, eslanglar! Dushmanga roʻbaroʻ kelgan paytingizda Alloh mushriklarni sizlarga oz qilib koʻrsatdi. Shu bilan ularga qarshi jang qilishga yanada juratliroq boʻldingiz. Jang qilmasdan, ortga qaytib ketmasliklari uchun ularning koʻziga sizlarni ham oz qilib koʻrsatdi. Bu bilan Oʻzi istagan bir ishni amalga oshirdi. Yani, mushriklardan intiqom oldi. Ular oʻldirildilar va asir olindilar. Moʻminlarni esa qoʻllab-quvvatlab, gʻalaba bilan siyladi. Hamma ishlar yolgʻiz Allohga qaytur. Keyin yomonning yomonligiga yarasha jazosini, yaxshining esa yaxshiligiga yarasha mukofotini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin