Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 48

وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ وَقَالَ لَا غَالِبَ لَكُمُ الْيَوْمَ مِنَ النَّاسِ وَإِنِّي جَارٌ لَكُمْ ۖ فَلَمَّا تَرَاءَتِ الْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِنْكُمْ إِنِّي أَرَىٰ مَا لَا تَرَوْنَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ ۚ وَاللَّهُ شَدِيدُ الْعِقَابِ 48 ٤٨

O`shanda shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatdi va: «Bu kunda odamlardan sizga g`olib kela oladigan hech kim yo`q. Men sizning homiyingizman», – dedi. Ikki jamoa bir-birini ko`rganida esa, orqasiga qaytdi va: «Albatta, men siz ko`rmayotgan narsani ko`rmoqdaman. Men Allohdan qo`rqaman», – dedi. Alloh iqobi shiddatli Zotdir. (48)

Tafsir
Ey moʻminlar, Allohning sizlarga ato etgan nematlarini eslanglar! Shayton mushriklarga qilayotgan ishlarini chiroyli qilib koʻrsatib, ularni musulmonlarga qarshi jang qilishga undab: "Bugun sizlardan hech kim gʻolib boʻla olmas. Men sizlarning madadkoringizman va dushmandan asraguvchi himoyachingizman", degandi. Ikki qoʻshin toʻqnashganda esa, shayton ortiga qochib, mushriklarga: "Men sizlardan bezorman, men moʻminlarga yordamga kelgan farishtalarni koʻryapman, men Allohdan qoʻrqaman, Alloh azobi qattiq Zotdir, uning azobiga hech kimsa toqat qila olmas", degandi. Chunki moʻminlar qoʻshinida ularni qoʻllab turgan farishtalar boʻlib, mushriklar qoʻshinidagi shayton oʻzining hech ish qoʻlidan kelmaydigan ojiz-notavonligini bilib turardi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin